Перейти к содержимому
Otabek Abdiraimov
Блог

Trend

"Muqaddima", "Atom Odatlar", "Yashamoq".

Bu kitoblarni eshitmagan odam qolmagan bo'lsa kerak. Chunki bu va yana bir qator kitoblar, mashhurroq odamlarning tavsiyalari yoki nashriyotlarning haddan tashqari kitobni "maqtashlari" tufayli odamlar bunday kitoblarni boshqalardan qolib ketmaslik uchun ham olishadi. To'g'ri bu kitoblar foydalidir ammo ilm-u holga asoslanib olingan kitoblar bundanda foydaliroq bo'ladi.

Xo'sh ilm-u hol nima degani? Bu so'z arabchadan olingan bo'lib "holat ilmi" ma'nosini anglatadi.

Masalan, siz marketing bo'yicha bilimlaringizni oshirmoqchi bo'lsangiz, "trend"dagi kitoblardan ko'ra shu yo'nalish bo'yicha kitob o'qishingiz anchagina foydali va samarali bo'ladi.

Yana bir narsani aytib o'tish kerakki, sohangiz bo'yicha ham mashhur kitoblarni emas, balki sizga foyda beruvchi va holatingizga mos kitoblarni o'qing. Shunda ham vaqtdan, ham moliyaviy tarafdan yutgan bo'lasiz!