Перейти к содержимому
Otabek Abdiraimov
Блог

Hamma narsada xato qila turib, yutish

Bu kitobni bugun o'qishni boshladim.

3 ta bobni o'qib shuni tushundimki, xato qilish muallifning hayot tarziga aylanib ketgan. U qilgan har bir xatosi ortidan nimadirni o'rganadi va bu xatoni keyingi safar qilmaydi.

Bundan shuni tushunsa bo'ladi: xatolardan qo'rqish emas, ulardan tajriba olish lozim.

Scott Adams (muallif) kitobda u qilgan xatolar, intervyulardan rad javoblari, ishdan bo'shab ketishlari kabilarni yozgan. Eng asosiy omil shuki, u to'xtamasdan rivojlanishda davom etgan.

Oxirida esa u eng yaxshi multfilmlardan birini ommaga taqdim etadi va u juda katta muvaffaqiyatga erishadi.

Bu muvaffaqiyat ortida esa asosan u qilgan xatolardan olgan tajribalari yotadi.

Xullas, xato qilishdan qo'rqmaslik kerak!)