Skip to content
Otabek Abdiraimov
Blog

Arzon dofamin - qimmat muammolar

Reels, video o'yinlar, kino, shirinliklar, gazli ichimliklar...

Bular miyamizni "chirituvchi" eng top odatlar. Bu odatlar har safar qilinganda miyamiz dofamin deb nomlanuvchi modda ajralib chiqadi.

Dofamin – bu miyadagi zavq va motivatsiyani boshqaruvchi modda bo‘lib, uni arzon va tabiiy usullar bilan chiqarish mumkin.

Arzon usullarni yuqorida sanab o'tdik. Bu orqali olingan dofaminning asosiy zararlari:

  • diqqatini jamlashni qiyinlashtiradi;
  • ruhiy toliqishga olib keladi;
  • qisqa muddatli qoniqish, katta maqsadlarga bo'lgan ishtiyoqni so'ndiradi.

Qisqa muddatli hordiq olavergan kishida yuqoridagi zararlar sekinlik bilan paydo bo'la boshlaydi, ammo bu muntazam tarzda arzon dofamin olayotgan kishi uchun sezilmaydi.

Shunday qilib arzon dofamin sizni "qimmat" muammolarga uchratadi.

Buni oldini olish uchun esa tabiiy dofamin beruvchi faoliyatlarni muntazam qilib turish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Masalan, mashq qilish, sayr qilish, kitob o'qish, meditatsiya va h.k kabi odatlar tabiiy holda miyaning dofamin ajratishiga sabab bo'ladi.

Dofamin haqida ko'proq bilib olish uchun manbaalar: https://telegra.ph/Arzon-dofamin-03-10

Rasm/Video Telegramda