Oxirgi vaqtlarda koʻpchilik uzun postlar va maqolalar oʻqish, uzun va "miyani qiynaydigan" videolar koʻrish kabi faoliyatlar odamlar orasida kamayib ketayotgani haqida gapirayotgan edi.
Ba'zi uzun postlarning izoh qismida, ba'zilar "uncha uzun post, hech kim o'qimaydi" degan so'zlarni ham o'qidim.
Shundan so'ng o'zimda bir tajriba o'tkazib ko'rdim.
Uzun postlar, videolar va maqolalarni diqqatimni jamlagan holda oʻqish/koʻrish challengening asosiy maqsadi edi.
Jarayon davomi menga @oqidibot juda katta yordam berdi. Har kuni soat 7:00 da bot orqali bir post yuborilar edi. (Reklama emas)
Har safar postlarni oʻqiganim sari, mutolaa vaqtida ham diqqatim oshganini sezdim.
Va huddi shu narsani uzun videolar (podcast, speech, videodarslar) uchun ham qo'llab ko'rdim.
Natija: yaxshiroq diqqat bilan dars qilishni, samaraliroq ishlashni va vaqtimni ko'proq narsalar o'rganishga ajratishni boshladim.
Bundan shunda xulosa chiqardimki, o'zimni ozroq qiynagan holda odatlarni davomiy bajarsam, ular men uchun oddiy narsadek tuyular ekan.
P.S: shu o'rinda aytib o'tishim lozimki, miyamizning qiynalishni xohlamayotganiga sabab, biz miyaga arzon dofamin beramiz, bu haqida esa keyingi postda yozaman!