Asosiy qismga o'tish
Otabek Abdiraimov
Blog

Yangi yil rejalari? Aslida ularning 90% amalga oshmasligini bilarmidingiz?

Mana 2024-yil ham o'z yakuniga yetib bormoqda. Ko'pchilik 2025-yilda erishish uchun ko'plab maqsadlar, yaxshi/sog'lom hayot kechirish uchun odatlar shakllantirishni reja qilgan.

Ammo shu joyda savol tug'iladi. Nega bu ishni 2025-yil boshlanganda qilmoqchisiz?

Oldin qilmagan odam birdan yangi hayotga ko'nikishi juda mushkul vazifa va bu narsani juda ko'pchilik qilolishmaydi.

Eng to'g'ri qaror esa: dushanbani yoki kelasi oy/yilni kutmasdan hozir boshlash!

Maqsad qo'ygan taqdiringizda ham uni daftar yoki note-taking ilovalariga yozib qo'ying va natijalarni doimiy kuzatib boring. Bu maqsadlarga erishish ehtimolligini ko'paytiradi.

P.s: rejalarni kechiktirish insonning stress darajasini ham oshirib yuboradi. [1]