Asosiy qismga o'tish
Otabek Abdiraimov
Blog

Boshlagan ishingizni ko'z oldingizda tuting

Yangi loyiha, challenge yoki h.k mashg’ulot boshladingiz. Yaxshi davom etyapti. Oradan 3-4 kun o'tdi va bu ish "o'ldi".

Menimcha siz nima deyayotganimni tushundingiz. 

Bu holat menda ham juda ko'p sodir bo'ladi va bu uchun yechim o’ylab topdim.

Biror ishni boshlaganingizda shunaqangi muhit yaratingki, bu ishni kundalik hayotingizda “ko’rib turing”.

Qog‘ozga yozib stolga qo‘yishingiz mumkin.
Budilnik qilib qo‘yishingiz mumkin.
Kitob o‘qisangiz, xatcho‘pingizga yopishtirishingiz mumkin.
Variantlar cheksiz.

Masalan, men yangi loyiha boshlaganimda bu loyihani qisqacha mazmunini telegramdagi saqlangan xabarlarga yozib qo’yaman.

Natija?
Saqlangan xabarlarga har kuni kamida 10+ marta kiraman. Bu esa menga boshlagan ishimni oxirigacha yetib borishim ehtimolini anchagina oshiradi.

Siz ham sinab ko’ring)