Перейти к содержимому
Otabek Abdiraimov
Блог

Kitobni tugatdim, 2 oy deganda)

Nega buncha ko‘p vaqt o‘qidim?

Javobi: dangasalik sababli (hazil)

Kitobda juda ko‘p tavsiyalar berilgan, ularni hayotda qo‘llab ko‘rmasdan o‘qib ketaverish o‘rniga o‘zimda qo‘llab ko‘rdim.

Bu kitobda yoritib berilgan asosiy mavzular:

- Xatolar orqali tajriba olish;
- Maqsadlar emas, tizimlar bilan ishlash;
- Tasavvur qilish qobiliyati nega kerakligi;
- Baxtli bo‘lish uchun asosiy omillar;
- Muvaffaqiyatga erishish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar (ko‘nikmalarni pastda yozaman);
- Affirmations (o‘zbekchasini bilmayman);
- Energiyani to‘g‘ri ishlatish.

To‘g‘risi kitobda juda ko‘p narsalar haqida gapirilgan. Tasavvur qilishingiz uchun Scott Adams hattoki grammatika haqida ham gapirib o‘tgan.

Yuqorida aytgan ko‘nikmalarim:

  • Omma oldida gapirish;
  • Psixologiya;
  • Business writing (o‘zbekchada bilmayman);
  • Buxgalterlik
  • Dizayn
  • Suhbat qurish;
  • Uyatchanlikni oldini olish;
  • Ikkinchi til
  • Golf
  • Yaxshi grammatik bilim
  • Ko‘ndira olish san’ati (bu bo‘yicha ham Influence kitobini o‘qimoqchiman)
  • Texnologik bilim (kompyuter, telefon, ayniqsa sun’iy intellektlar, h.k)
  • Yaxshi ovoz texnikalari;

Bundan tashqari kitobda nega qarorlar xohishlardan ustunligi, vaqtni to‘g‘ri boshqarish, omad haqida tushuncha kabi mavzular ham bor.

Naval Ravikant "Ko‘plab kitoblar o‘rniga o‘zingizning 100 ta kitobingizni qayta-qayta o‘qing" degandi, bu kitob aniq shu yuztalikka kiradi)

10/10