Skip to content
Otabek Abdiraimov
Blog

Boshqalarning tajribasidan o‘rganing.

Sizda hozir chiqayotgan muammolar katta ehtimol bilan oldin boshqalarda ham bo‘lgan.

Kimdir shu joyda to‘xtagan. Kimdir xato qilgan. Kimdir esa to‘g‘ri qaror qilgan.

Masalan:
kimdir ishini hujjatsiz, rejasiz boshlagan va keyin vaqtini, pulini yo‘qotganini ochiq yozgan.
yoki kimdir sog‘lig‘ini keyinga surib, yillar o‘tgach “erta boshlaganimda edi” deb afsuslangan.

Ulardan o‘rganish esa soatlab emas, kunlab, ba’zida esa yillab umringizni tejaydi.

Bitta post, bitta kitob yoki bitta fikr butun yo‘nalishni o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Kitoblarda odamlar butun umrini jamlaydi.

Bloglarda xatolarini yashirmay yozadi.

Hamma xatoni o‘zingiz qilib ko‘rishingiz shart emas.
Ba’zi xatolarni o‘qib o‘tib ketish ham aqlli yechim hisoblanadi.